Saylanma

Таниқли шоир Усмон Азимнинг бу китобига унинг сара шеърлари жамланди. Бу тўпламда шоир ижодига хос булган асосий мавзу – Дунёни ва Инсонни мукаммал кўриш орзусида яшаган шахс армони бутун кўлами, қарама-қаршиликлари, фожиаю қувончи, ҳасрату умидлари билан гавдаланади. Шоир Дунёни самимий ёзади. Шоир шеъри айланган Дунё китобхон ҳис килиб турган дунёнинг суратига жуда яқин ва шу билан бирга аллақандай нурланган, кўнгилга ва руҳга мадад бергувчидир.
Усмон Азим
Просмотров: 180

Сайт народного поэта Узбекистана Хуршида Даврона

Сайт народного поэта Узбекистана Хуршида Даврона
Дата запуска сайта: 2010
Тип: Web
Khurshid Davron
Просмотров: 912
Yulduzli tunlar - Ayrim boblar

BBC O'zbek xizmatining "Radiokitob" turkumidan havo mavjlariga uzatilgan navbatdagi asar - taniqli o'zbek yozuvchisi Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romanidir.
"Yulduzli tunlar" buyuk shoir va adib,qomusiy bilimlar egasi Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan asar.
O'zbekiston Xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov ushbu roman o'zining talabalik yillaridagi Amir Temur va Bobur Mirzo shaxslariga ixlosmandligi hosilasi ekanini aytadi.
"Bobur mirzo temuriylar sulolasini halokatdan qutqarib, asrdan-asrga, mamlakatdan-mamlakatga olib o‘tganligi, bu ulug‘ sulola Hind zaminida yana uch yuz yildan ortiq davr surganligi o‘sha yillardayoq
dilimda hayrat va iftixor tuyg‘usini uyg‘otgan edi", deb yozadi adib roman so'zboshisida.
Biroq Sho'rolar Ittifoqi zamonida tarixdagi turkiy hukmdorlar haqida kitob nashr etish oson bo'lmagan.
Boisi, Sho'ro mafkurasi Amir Temurni qonxo'r bosqinchi podshoh sifatida taqdim etar, uning avlodlari, shu jumladan Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ham ijobiy tasavvurni shakllantirish mushkul kechgan.
Pirimqul Qodirov Bobur Mirzo haqidagi asarini 1969 yilda boshlab, oradan 30 yil o'tgandan keyingina romanni "avvaldan rejalashtirilgan, dilda pishitilgan" boblar bilan to'ldirib chop etishga muvaffaq bo'lganini yozgan.
"Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin. "Yulduzli tunlar" ana shu majoziy kemalardan biri tarzida yuzaga keldi", deb yozadi atoqli adib Pirimqul Qodirov.
Просмотров: 1069
Farhod va Shirin

Ulug' shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning qudratli ishq-muhabbat tuyg'usi tarannum etilgan dostoni asosida Muqumiy nomidagi O'zbek Davlat musiqali drama teatri spektaklining radiomontaji.
Sahnalashtiruvchi rejissor:Razzoq Hamroev
Bosh rollarda:Mahmudjon Gafurov,Shahodat Rahimova,Lutfixonim Sarimsoqova,Zebo Solieva
Просмотров: 531
Alisher Navoiy g'azallari

Qaro ko'zim
Qaro ko'zum, kelu mardumlug' emdi fan qilg'il,
Ko'zum qarosida mardum kibi vatan qilg'il.
Yuzung guliga ko'ngul ravzasin yasa gulshan,
Qading niholig'a jon gulshanin chaman qilg'il.
Takovaringg'a bag'ir qonidin hino bog'la,
Itingg'a g'amzada jon rishtasin rasan qilg'il.
Firoq tog'ida topilsa tufrog'im, ey charx,
Xamir etib yana ul tog'da ko'hkan qilg'il.
Yuzung visolig'a yetsun desang ko'ngullarni,
Sochingni boshdin-ayog' chin ila shikan qilg'il.
Xazon sipohiga, ey bog'bon, emas mone'
Bu bog' tomida gar ignadin tikan qilg'il.
Yuzida terni ko'rub o'lsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilg'il.
Navoiy, anjumani shavq jon aro tuzsang,
Aning boshog'lig' o'qin sham'i anjuman qilg'il
Просмотров: 980
Erkin A'zam - Anoyining jaydari olmasi (hikoya)

Erkin A'zam 1950 yil 10 avgustda tog’li Boysunda tug’ilgan.1972 yil Toshkent Davlat universiteti (Hozirgi O’zbekiston Milliy Universiteti)ning jurnalistika fakultetini tamomladi. Respublika radiosida muharrir, “Guliston” va “Yoshlik” jurnallarida bo’lim muharriri, G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va sanat nashriyotida tahririyat mudiri bo’ldi. 1992-1994 yillarda O’zbekiston milliy axborot agentligida bosh direktori o’rinbosari. 1995 yildan “Tafakkur” jurnali bosh muharriri.
“Chiroqlar o’chmagan kecha” (1977), “Otoyining tug'ilgan yili” (1981), “Olam yam-yashil” (1984), “Javob” (1986), “Bayramdan boshqa kunlar” (1988), “Мир в цветах” (1999), “Pakananing oshiq ko’ngli” (2001), “Kechikayotgan odam” (2002) va so'nggi yillarda ketma-ket nasr qilinayotgan rinoqissalar to’plamlari muallifi. Yozuvchi asarlari asosida “Chantrimore”, “Riyoda”, “Dilxiroj”,"Erkak","Zabarjad" filmlari suratga olingan.
Просмотров: 871
Alg'ul yoxud Mirzo Ulug'bek

Ozbekiston Xalq shoiri Xurshid Davron qalamiga mansub "Alg'ul yoxud Mirzo Ulugbek" p'yesasining radiospekla varianti 2008 yilda tayyorlangan.Radiop'yesada Toshkent teatrlari aktyorlari ishtirok etishgan.
Asar buyuk vatandoshimiz Mirzo Ulug'bek hayotinig so'nggi pallasi haqida hikoya qiladi.
Просмотров: 1378

Uzbek Poetry of XX Century in Audio / XX asr O'zbek she'riyati

Uzbek Poetry of XX Century in Audio / XX asr O'zbek she'riyati
Publisher: Uz-Translations
Format: mp3
Size: from 4 to 7 mb
Language: Uzbek
Read by: Uzbek poets
Просмотров: 1052
Anor

O‘zbek adabiyotning atoqli namoyandasi Abdulda Qahhor 1907 yil 17 sentyabrda Qo‘qonning Ko‘mir bozori mahallasida temirchi oilasida tug‘ildi. Yozuvchi bu haqda o‘z tarjimai holida shunday yozgan: «Men 1907 yil kuzda, chorshanba kuni -17 sentyabrda Qo‘qonning Ko‘mir bozori mahallasida tug‘ilganman. Otam temirchi edi».
Просмотров: 1580







