Yulduzli tunlar - Ayrim boblar

BBC O'zbek xizmatining "Radiokitob" turkumidan havo mavjlariga uzatilgan navbatdagi asar - taniqli o'zbek yozuvchisi Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romanidir.
"Yulduzli tunlar" buyuk shoir va adib,qomusiy bilimlar egasi Zahiriddin Muhammad Bobur va uning avlodlari hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan asar.
O'zbekiston Xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov ushbu roman o'zining talabalik yillaridagi Amir Temur va Bobur Mirzo shaxslariga ixlosmandligi hosilasi ekanini aytadi.
"Bobur mirzo temuriylar sulolasini halokatdan qutqarib, asrdan-asrga, mamlakatdan-mamlakatga olib o‘tganligi, bu ulug‘ sulola Hind zaminida yana uch yuz yildan ortiq davr surganligi o‘sha yillardayoq
dilimda hayrat va iftixor tuyg‘usini uyg‘otgan edi", deb yozadi adib roman so'zboshisida.
Biroq Sho'rolar Ittifoqi zamonida tarixdagi turkiy hukmdorlar haqida kitob nashr etish oson bo'lmagan.
Boisi, Sho'ro mafkurasi Amir Temurni qonxo'r bosqinchi podshoh sifatida taqdim etar, uning avlodlari, shu jumladan Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ham ijobiy tasavvurni shakllantirish mushkul kechgan.
Pirimqul Qodirov Bobur Mirzo haqidagi asarini 1969 yilda boshlab, oradan 30 yil o'tgandan keyingina romanni "avvaldan rejalashtirilgan, dilda pishitilgan" boblar bilan to'ldirib chop etishga muvaffaq bo'lganini yozgan.
"Bobur mirzoning hayoti va faoliyatiga oid mavzular ummonday cheksiz. Bu ummonda o‘nlab, yuzlab adabiy kemalar suzishi mumkin. "Yulduzli tunlar" ana shu majoziy kemalardan biri tarzida yuzaga keldi", deb yozadi atoqli adib Pirimqul Qodirov.
Просмотров: 3059
Alex Leroc : Домашнее чтение -- L'ange gardien Livre + CD, Niveau(x) A1 - A2

Alex Leroc se déplace à Perpignan pour découvrir l'identité d’un Zorro du XXIe siècle qui, sans violence, empêche les délinquants de commettre leurs crimes.
Просмотров: 2475
Sherlock Holmes

Maritim liefert mit der neuen Sherlock Holmes Reihe wirklich erstklassige Hörspielkost nach klassischem Strickmuster ab. Man hat den Eindruck, als hätte man es mit einer alten Radioproduktion zu tun (und das meine ich durchaus positiv). Die Auswahl der Sprecher könnte nicht besser sein. Die Rolle des Sherlock Holmes ist mit Christian Rode wirklich ideal besetzt und auch Peter Groeger kann als Doktor Watson überzeugen. Aber nicht nur die Besetzung der Hauptcharaktere kann überzeugen. Auch die anderen Rollen sind durch die Bank weg mit guten bis sehr guten Sprecher besetzt. Die verwendeten Effekte und die Musik passen perfekt zum Gesamtbild und runden den positiven Eindruck ab.
Arthur Conan Doyle, Sherlock Holmes
Просмотров: 3582


